Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 168–171-betlar
BANK TIZIMIDA MUAMMOLI AKTIVLARNI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT VA ML TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI
Xodjayev, Husniddin
DOI: 10.70413/zdift-v04-i19-p1-038 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bank sektorining transformatsiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, muammoli qarzdorlik (non-performing loans, NPL) sohasida. Qarzdorlarning to‘lovga qobiliyatini baholash tizimini isloh qilish, IFRS 9 standartlari va Basel III tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralariga qaramay, muddati o‘tgan qarzlar darajasi hanuzgacha ayrim kredit tashkilotlarining, ayniqsa chakana va mikro moliyaviy segmentlarda, moliyaviy barqarorligiga sezilarli bosim o‘tkazmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda umumiy kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda, biroq bu ko‘rsatkich tashqi iqtisodiy silkinishlar va kredit anderrayting jarayonlari sifatiga nisbatan yuqori sezuvchanlikni saqlab qolmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.