Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 172–179-betlar

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING TASHKILIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Azimova, Xurshida

DOI: 10.70413/zdift-v04-i19-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Xizmat ko‘rsatish sohasi zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda yetakchi rol o‘ynab, yalpi ichki mahsulotning muhim qismini shakllantiradi va aholi bandligini ta’minlovchi asosiy sektorlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tashkiliy mexanizmlar tizimli tahlil qilinadi. Jumladan, boshqaruv strukturalarining samaradorligi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining rivoji, raqamli xizmatlar infratuzilmasi, resurslardan foydalanish modeli va inson kapitaliga asoslangan yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Muallif xizmat sohasini kompleks rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan institutsional yondashuvlar va tizimli islohotlar zaruriyatini asoslab beradi. Taklif etilgan g‘oyalar xizmatlar sektorining raqobatbardoshligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

xizmat ko‘rsatish sohasi, samaradorlik, tashkiliy mexanizm, davlat-xususiy sheriklik, raqamli xizmatlar, xizmat infratuzilmasi, inson kapitali, institutsional islohotlar, mehnat samaradorligi, iqtisodiy boshqaruv

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.