Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 47–50-betlar

IQLIM O‘ZGARISHINING BIOXILMA-XILLIKKA TA’SIRI: EKOLOGIK TAHLIL

Toshpo‘lotova, Jasmina

DOI: 10.70413/zdift-v04-i02-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining bioxilma-xillikka ta’siri ekologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Iqlim o‘zgarishi – yer yuzasidagi iqlim sharoitlarining doimiy ravishda o‘zgarishi, insoniyat va tabiat tizimi uchun katta tahdidni tashkil etadi. Bioxilma-xillik esa yer yuzidagi turli xil organizmlar va ularning ekosistemalaridagi o‘zaro aloqalarini anglatadi. Maqolada iqlim o‘zgarishining hayotga turli darajalarda, jumladan, floraga, faunaga va ekosistemalarga ta’siri, shuningdek, bunday o‘zgarishlarga qarshi kurashishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ekologik strategiyalar haqida so‘z boradi. Iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka olib keladigan xavf va tahdidlarini bartaraf etish uchun global miqyosda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham tahlil etiladi.

Iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik, ekologiya, global isish, ekosistemalar, biodiversitet, ekologik ta’sir, yashil texnologiyalar, tabiatni muhofaza qilish, ekosistemalarning barqarorligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.