Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 41–47-betlar
AXBOROT BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI
Toʻrayeva, E’zoza, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch
DOI: 10.5281/zenodo.16571938 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada axborot boʻlimini oʻqitish metodikasi tahlil qilinib, samarali ta’lim usullari yoritilgan. An’anaviy va innovatsion yondashuvlar solishtirilib, VR/AR texnologiyalari, gamifikatsiya, loyiha asosida oʻqitish (PBL) kabi ilg‘or metodlarning afzalliklari koʻrsatilgan. Ushbu metodlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat rivojlanishi uchun foydasi tegadigan ish bilan shugʻullanishiga yordam beradi, oʻquvchilarning talablariga mos keluvchi shakllarda oʻrganishni ta’minlash orqali ularni oʻrganishni yaxshilaydi hamda oʻquvchilarni bilimni oʻzlashtirish jarayonlarida shaxsiy maslahatlar berish, oʻz fikrlarini ifoda qilish hamda yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi va dasturlashni oʻqitishda interaktiv yondashuvlarning ahamiyati yoritilib, talabalarni amaliy koʻnikmalar bilan ta’minlashning dolzarbligi ta’kidlangan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida oʻquv jarayonining sifatini oshirish, talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan va oʻrganilgan.
Axborot boʻlimi, oʻqitish metodikasi, ta’lim texnologiyalari, VR/AR, gamifikatsiya, interaktiv ta’lim, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi, dasturlash, loyiha asosida oʻqitish, raqamli ta’lim, innovatsion yondashuvlar, amaliy koʻnikmalar, talabalar faolligi, ta’lim samaradorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.