Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 48–52-betlar
WEB-SAHIFA BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Xudoyberdiyev, Alibek, Yaxiyaxonova, Muxiba, Negmatova, Sevinch
Annotatsiya
Ushbu maqolada web-sahifa bo‘limini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan yondashuvlar va usullar tahlil qilinadi. Internetning jadal rivojlanishi va web-texnologiyalarining kundan-kunga rivojlanishi bilan birga, web-dizayn va dasturlashni o‘qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada web-sahifa yaratish jarayonida talabalar uchun HTML, CSS va JavaScript texnologiyalarining asosiy tushunchalari, shuningdek, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun responsiv dizayn va kreativ yondashuvlar kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qitish metodikalariga oid amaliy yondashuvlar, loyiha asosida o‘qitish, jamoaviy ishlash va interaktiv metodlar taqdim etiladi. Web-dizayn vositalari, prototip yaratish asboblari va kod muharrirlari haqida ham so‘z boradi. O‘qitish jarayonida samarali metodlarni qo‘llash orqali talabalar web-sahifa yaratishda nafaqat texnik, balki kreativ ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishadi. Maqola web-sahifa bo‘limini o‘qitishning samarali metodologiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Web-sahifa dizayni, Web-sahifa tuzilishi, O‘qitish metodikasi, Interaktiv o‘qitish usullari, HTML va CSS asoslari, himoyalangan (UX), samarali interfeysi (UI) dizayni, Javob beruvchi dizayn, O‘qitishda multimediya yordami, Veb-ilovalar va hujjat o‘qitishdagi roli.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.