Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 19–20-betlar

VIRUSLI GEPATIT BILAN KASALLANGAN TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLARDA BIOKIMYOVIY MARKERLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Karimova, Fazilat

DOI: 10.70413/zdift-v04-i21-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Virusli gepatit jahon sog‘liqni saqlash tizimi oldida eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 350 milliondan ortiq odam surunkali gepatit B tashuvchisi hisoblanadi, 71 milliondan ziyod odam esa gepatit C virusi bilan zararlangan (WHO, 2023). Ayniqsa, tug‘ish yoshidagi ayollar orasida ushbu kasalliklarning yuqori darajada uchrashi, ularning sog‘lig‘iga va kelajak avlodning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Virusli gepatitning klinik oqibatlari jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va gepatosellyulyar karsinoma rivojlanishi bilan cheklanmaydi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda kasallik homiladorlik davrida bir qator asoratlar – homilaning intrauterin infeksiyalanishi, muddatidan oldin tug‘ilish, o‘lik tug‘ilish, bola vaznining kam bo‘lishi – xavfini oshiradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.