Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 59–60-betlar

YASHIL BRENDING ASOSIDA KORXONADA EKOLOGIK MARKETING STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Rahmatov, Dilshod

DOI: 10.5281/zenodo.16785081 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Global iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va iste’molchilarning ekologik ong darajasining ortib borayotgani korxonalarni marketing strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun oddiy reklama yoki narx ustunligi yetarli emas – iste’molchilar brendning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatini ham hisobga olmoqda. Shu sababli, yashil brend yaratish va uni asosli marketing strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish korxonaning uzoq muddatli barqarorligiga xizmat qiladigan dolzarb yondashuvga aylanmoqda. Yashil brending (green branding) – bu korxonaning ekologik qadriyatlar asosidagi marketing siyosati bo‘lib, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, resurslardan tejamli foydalanish va ekologik innovatsiyalar orqali ijobiy brend imijini yaratishga qaratilgan. Mazkur maqolada yashil brending asosida ekologik marketing strategiyalarini takomillashtirishning zarurati, asosiy tamoyillari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.