Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 67–72-betlar
ERTA YOSHDAGI DUDUQLANISHNI ANIQLASH VA OLDINI OLISH USULLARI
Mirzaxmedova, Dilrabo
DOI: 10.5281/zenodo.16791741 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Erta yoshdagi duduqlanishni aniqlash va oldini olish usullari mavzusidagi ushbu maqolada bolalarda 2–6 yosh oralig‘ida uchraydigan nutq buzilishlarining eng muhim turlaridan biri — duduqlanishning erta tashxislash va profilaktika masalalari yoritiladi. Erta aniqlash duduqlanishning kuchayib ketishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda ota-onalarning bolaning nutq rivojlanishidagi kichik og‘ishlarni sezish qobiliyati, logopedik skrining testlari, pediatr va nevropatolog ko‘rigidan o‘tish zarurati tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada duduqlanishga olib keluvchi asosiy omillar — genetik moyillik, asab tizimi yetilmaganligi, psixologik travmalar va oiladagi stress omillari chuqur o‘rganiladi. Oldini olish bo‘yicha tavsiyalar sifatida bolaga tinch psixologik muhit yaratish, to‘g‘ri nutqiy muhitni shakllantirish, vizual va eshitish stimullari balansini ta’minlash, logopedik mashg‘ulotlar va nafas mashqlarini muntazam o‘tkazish kabi metodlar taklif etiladi. Ushbu maqola logopedlar, psixologlar, pediatrlar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi. Tadqiqotning maqsadi — duduqlanishni erta bosqichida aniqlab, uning surunkali shaklga o‘tishini to‘xtatish.
duduqlanish, erta tashxis, logopediya, nutq buzilishi, profilaktika, psixologik muhit.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.