Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 93–95-betlar
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNI BOSHQARISHDA MARKETING RISKLARINI HISOBGA OLISH AHAMIYATI
Xasanov, Alisher
DOI: 10.5281/zenodo.16811784 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezis xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarishda marketing risklarini hisobga olish zarurati va ahamiyatini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qiladi. Marketing risklari korxonaning strategik qarorlarida noaniqlik va salbiy oqibatlarni yuzaga keltiruvchi omillar bo‘lib, ular ichki va tashqi muhitdagi o‘zgarishlar, talab va taklif dinamikasi, raqobat darajasi, texnologik o‘zgarishlar, huquqiy talablar va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadi. Tadqiqotda marketing risklarini aniqlash, baholash va kamaytirish usullari, shu jumladan, statistik, ekspert va model asosidagi yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Xalqaro tajriba asosida risklarni boshqarishning ilg‘or strategiyalari tahlil qilinib, milliy sharoitga moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
marketing risklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, risklarni boshqarish, strategik rejalashtirish, risklarni baholash, talab prognozi, raqobat muhiti, marketing strategiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.