Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 109–113-betlar
MIGRATSIYA OQIBATIDA YOSHLAR ONGIDA MILLIY O‘ZLIKNING O‘ZGARISHI
Mirzayev, Buniyot
DOI: 10.70413/zdift-v04-i21-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Tezis migratsiya jarayonlari yoshlar orasida milliy o‘zlik tushunchasining transformatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilmiy tahlil qiladi. Global migratsiya oqimlari va transmilliy madaniy almashinuv sharoitida yoshlarning madaniy identitetida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy ongdagi qayta shakllanishlar, shuningdek, milliy qadriyatlar bilan yangi madaniy kodlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganiladi. Tezisda yoshlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi jarayonidagi psixologik va madaniy omillar, ularning milliy o‘zlikni qabul qilish va anglashidagi murakkabliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yoshlarning milliy identitetining global madaniy ta’sirlar ostida ham yangilanishi, ham saqlanishi jarayonlari o‘rtasidagi dinamikani ochib beradi. Ushbu ish ijtimoiy siyosat, madaniyatshunoslik va yoshlar sohasidagi tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Migratsiya, yoshlar, milliy o‘zlik, madaniy identitet, ijtimoiy ong, transmilliy madaniy almashinuv, globalizatsiya, madaniy transformatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.