Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 130–134-betlar
ICHKI ISHLAR XODIMLARINING KASBIY SHAKLLANISHINING NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARI
Nabiyev, Sherzodjon
DOI: 10.5281/zenodo.16879881 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ichki ishlar xodimlarining kasbiy shakllanishining nazariy-falsafiy asoslari keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda ontologik, gnoseologik, aksiologik, antropologik, etik va praksseologik yondashuvlar orqali kasbiy shakllanish jarayonining murakkab tabiati ochib berilgan. Maqolada Martin Xaydegger, Immanuel Kant, Jürgen Xabermas, Max Scheler, Zigmund Freyd, Karl Jung va boshqa taniqli falsafachilarning nazariy konsepsiyalari ichki ishlar sohasiga tatbiq etilgan. Tadqiqotda kasbiy shakllanishning dialektik xarakteri, bilish jarayonining epistemologik aspektlari, qadriyatlar tizimining shakllanishi, shaxsning ijtimoiy institutlar bilan o'zaro ta'siri, axloqiy mas'uliyat masalalari va zamonaviy texnologik sharoitlardagi yangi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Maqola ichki ishlar xodimlarining sifatli tayyorgarligini ta'minlash uchun chuqur nazariy-falsafiy asoslarning zarurligini asoslaydi.
kasbiy shakllanish, ichki ishlar xodimlari, falsafiy asoslar, ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya, antropologiya, etika, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy institutlar, axloqiy mas'uliyat, epistemologiya, eksistentsial falsafa, fenomenologiya, hermenevtika, kommunikativ harakat, habitus, diskurs etikasi, psixoanaliz, madaniy kontekst, globalizatsiya, texnologik transformatsiya, professional identitet, kasbiy kompetensiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.