Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 81–84-betlar

EPILEPSIYANING ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZINING ZAMONAVIY TALQINI

Ismoiljonova, Shaxlo

DOI: 10.5281/zenodo.17157131 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada epilepsiyaning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlariga oid zamonaviy qarashlar tahlil qilingan. Epilepsiyaning etiologiyasi genetik o‘zgarishlar, miya tuzilmasidagi patologiyalar, metabolik omillar hamda sababi to‘liq aniqlanmagan holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Patogenezida esa neyron membranalarining elektr barqarorligi buzilishi, ion kanallaridagi funksional o‘zgarishlar, qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi mediatorlar o‘rtasidagi nomutanosiblik, epileptogen o‘choqlarning shakllanishi va neyroinflamatsiya jarayonlari yetakchi o‘rin tutadi. So‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar genetik mutatsiyalar va neyron tarmoqlarining qayta tuzilishini epilepsiya rivojlanishining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Ushbu yondashuv kelajakda shaxsga yo‘naltirilgan davolash usullarini ishlab chiqishga asos yaratadi.

Epilepsiya, etiologik omillar, patogenez, neyron elektr faolligi, ion kanallari, mediatorlar disbalansi, epileptogen o‘choq, neyroinflamatsiya, genetik omillar, shaxsiylashtirilgan davolash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.