Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 4–7-betlar

SHOLI SELEKSIYASIDA TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI TANLASH

Esemuratova, Guljamal, Kamalov, Miyirbek, Esemuratov, Azizbek

DOI: 10.70413/zdift-v04-i24-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida sholi seleksiya namunalarining texnologik sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotlarda donning qobiqliligi, shishasimonligi, don yorilishi, umumiy va butun guruch chiqimi kabi asosiy sifat mezonlari tahlil qilindi. Tajribada Guliston navi standart sifatida qabul qilinib, boshqa seleksiya namunalarining ko‘rsatkichlari shu nav bilan taqqoslandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 20-09-3 va 20-11-2 namunalarida yuqori butun guruch chiqimi qayd etildi, Guliston navi va D-47-17 namunalarida don yorilish darajasi past bo‘lib, yuqori sifatli guruch olish imkonini berdi. Ushbu ko‘rsatkichlar istiqbolli namunalarni tanlab olish va kelgusida yangi seleksiya navlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sholi, seleksiya, texnologik sifat, don yorilishi, butun guruch chiqimi, standart nav

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.