Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 8–10-betlar
CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISHDA HUQUQIY KAFOLATLAR VA NIZOLARNI HAL QILISH MEXANIZMLARI
Djadigerov, Timur
DOI: 10.5281/zenodo.17247779 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy modernizatsiya strategiyasida xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTI) iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi hal qiluvchi resurs hisoblanadi. XTI ni jalb qilishning ajralmas sharti esa investorlarning o‘z kapitalini yo‘qotish xavfidan himoyalanishiga bo‘lgan ishonchidir. Bu ishonch, bir tomondan, mustahkam huquqiy kafolatlarga, ikkinchi tomondan, yuzaga keladigan nizolarni xalqaro me’yorlar asosida tez va shaffof hal etish mexanizmlariga asoslanadi. Huquqshunos olimlar huquqiy mexanizmlarning samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydilar. Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekistonning amaldagi investitsiya qonunchiligi (xususan, 2019-yildagi O‘RQ-598) va nizolarni hal qilishga oid evolyutsion huquqiy bazasi doirasida chet el investorlarining himoyasini chuqur tahlil qilishdan iborat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.