Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 139–141-betlar
AHOLI TARKIBI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRINI TADQIQ QILISHNING XORIJ TAJRIBASI
Saidov, Jo‘rabek
DOI: 10.70413/zdift-v04-i25-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada jahon mamlakatlari, xususan Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa davlatlarning demografik siyosat yuritish tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada demografik jarayonlarni tartibga solish, ayniqsa tug‘ilish darajasini oshirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy va institutsional choralar o‘rganiladi. O‘zbekiston sharoitida urbanizatsiya siyosatini shakllantirish, demografik jarayonlarni tartibga solish va xorij tajribasini amaliyotga tatbiq etish orqali samarali demografik siyosatni ishlab chiqishning dolzarbligi asoslab beriladi. Mamlakatimizda yangi islohotlar, demografik strategiyalar va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi siyosiy yo‘nalishlar ham yoritiladi. Maqolada, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda demografik siyosatning o‘rni alohida ta’kidlanadi.
Demografik siyosat, tug‘ilish darajasi, oilaviy nafaqalar, urbanizatsiya, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, immigratsiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston, xalqaro tajriba, oilani rejalashtirish, iqtisodiy barqarorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.