Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 32–34-betlar
POLIETILENTEREFTALAT CHIQINDILARINI UTILIZATSIYA QILISH ASOSIDA QIMMATBAHO KOMPONENTLAR OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Salohiddinov, Ilhom
DOI: 10.5281/zenodo.17347971 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada polietilentereftalat (PET) chiqindilarini utilizatsiya qilish asosida qimmatbaho komponent – plastifikator olish texnologiyasining ilmiy asoslari va amaliy jihatlari bayon etilgan. Tadqiqotda PET chiqindilarining fizik-kimyoviy xossalari tahlil qilinib, aminospirtlar aralashmasi yordamida aminolitik degradatsiya jarayoni olib borildi. Olingan oligomerlar va plastifikator mahsulotlari zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqilgan texnologiya PET chiqindilarini qayta ishlash samaradorligini oshiradi, ekologik muammolarni kamaytiradi va polimer sanoatida amaliy qo‘llanilishi mumkin.
Polietilentereftalat (PET), chiqindilarni qayta ishlash. aminolitik degradatsiya, plastifikator, polimer texnologiyasi, ekologik xavfsizlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.