Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 66–69-betlar

ZAMONAVIY TA’LIMDAGI PEDAGOGIK PARADIGMALAR VA ULARNING O‘ZGARISH YO‘NALISHLARI

Safarova, Ozoda, Abdulazizova, Nigina

DOI: 10.70413/zdift-v04-i26-p1-017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, raqamli texnologiyalarning jadal joriy etilishi, masofaviy ta’lim shaklining ommalashuvi va “hayot davomida ta’lim” konsepsiyasining rivoji fonida pedagogik paradigmalar mazmunining o‘zgarishi tahlil etilgan. An’anaviy-konservativ, ratsionalistik, gumanistik, ezoterik, ilmiy-texnik, noindistitutsional kabi asosiy paradigmalar ko‘rib chiqilib, ularning asosiy tamoyillari, ustuvorliklari va ta’lim jarayoniga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda insonparvarlik, individuallashtirish, axborotlashtirish, kompyuterlashtirish, uzluksizlik kabi yo‘nalishlarning ustuvor ahamiyat kasb etayotgani asoslab berilgan. Maqola pedagogik paradigma o‘zgarishlarini chuqur anglash, yangi ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish zaruratini asoslab beradi.

ta’lim paradigmalar, zamonaviy ta’lim, raqamli texnologiyalar, andragogika, uzluksiz ta’lim, insonparvarlashtirish, pedagogik model, masofaviy ta’lim, o‘zgaruvchan ta’lim mazmuni, bilim paradigmasi, gumanistik yondashuv

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.