Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 89–92-betlar

AVTOMOBIL YOʻLLARI SOHASIDA MAʼMURIY-HUQUQIY BOSHQARUVNING XORIJ TAJRIBASI: HUQUQIY MEXANIZMLAR VA USULLAR

Mashrapov, Madorbek

DOI: 10.70413/zdift-v04-i26-p1-025 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada avtomobil yoʻllari sohasida maʼmuriy¬huquqiy boshqaruvning xorij tajribasi huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Rossiya Federatsiyasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar tajribasidan yoʻl infratuzilmasini tenderlar, konsessiya shartnomalari va davlat nazorat mexanizmlari orqali boshqarish modellari oʻrganilgan. Maqolada yoʻl infratuzilmasida davlat nazorati bilan xususiy operatorlarning vazifalarini ajratish, tenderni ochiqlik bilan tashkil qilish va shartnomada huquqiy kafolatlar kiritish muhimligi taʼkidlangan. Xorij tajribasining Oʻzbekiston sharoitiga tatbiq etilishi uchun maʼmuriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. Ushbu tahlil davlat va xususiy sheriklik madaniyatini rivojlantirish, yoʻl infrastrukturasi loyihalarida huquqiy muammolarni bartaraf etish maqsadida amaliy qiymatga ega.

maʼmuriy–huquqiy boshqaruv, avtomobil yoʻllari, tender, konsessiya, yuridik mexanizm, davlat nazorati, huquqiy kafolat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.