Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 7–8-betlar

KALAMUSHLAR ME’DASI SEKRETOR FAOLIYATIGA BENZEKETOZON VA GLITSERAM PREPARATLARINING TA’SIRINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH

Mustanov, T.B.

DOI: 10.70413/zdift-v04-i03-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Kelajakda 20-25 yil ichida me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar soni ortib borishi kutilmoqda, ularning orasida esa me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi yetakchi o’rinni egallaydi. Ushbu kasallik ko’proq yoshlar orasida kuzatilishi xavfi bor, va uning kechikib yoki noto’g’ri davolanishi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Zamonaviy tibbiyotda me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi ko’plab samarali dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin, ulardan ayrimlari yaraga qarshi yetarli samaradorlikni ko’rsatmaydi va bemorlarda kasallikning qaytalanishi yoki kuchayishi mumkin, shuningdek, turli noxush asoratlarga olib keladi. Shu sababli, yara kasalligiga qarshi yuqori samarali va kam toksik yangi dori vositalarini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu qobiliyatga asoslanib, mazkur tadqiqotni o’tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.