Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 104–106-betlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI MAMLAKATSHUNOSLIK TERMINLARINING LEKSIK-SEMANTIK VA LINGVOMADANIY QIYOSI

Tairova, Maxfuza

DOI: 10.70413/zdift-v04-i03-p1-025 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi mamlakatshunoslik terminlarining leksik-semantik va lingvomadaniy o‘ziga xosliklari qiyosiy tahlil qilinadi. Mamlakatshunoslik terminlari milliy madaniyat, tarix, siyosiy tuzum va ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular lingvistik tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada terminlarning kelib chiqishi, shakllanish jarayonlari, milliy va madaniy xususiyatlari, leksik-semantik qiyoslash usullari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bunday terminlarni o‘qitish, tarjima qilish va amaliy qo‘llashda lingvomadaniy faktorlarning ahamiyati yoritiladi. Olingan natijalar lingvistik, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik sohalariga doir ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

mamlakatshunoslik, termin, leksik-semantik tahlil, lingvomadaniy qiyos, o‘zbek tili, ingliz tili, tarjima, madaniy kontekst, terminologiya, qiyosiy lingvistika

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.