Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 110–115-betlar

ARAB TILINING MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISHDAGI IDEOLOGIK AHAMIYATI

Muhitdinov, Akbarali

DOI: 10.70413/zdift-v04-i03-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Arab tili mafkurasi Arab dunyosida, ayniqsa, ma’naviyat va milliylik bilan bog‘liq muammolarga duch kelganda, milliy identifikatsiya shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Tadqiqotimiz Arab jamiyatida kuzatilayotgan beqarorlikka sabab bo‘luvchi omillarni qayta talqin qilish hamda bu jarayonning Yaqin Sharq davlatlarida so‘zlashuv tiliga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Adabiy arab tilining arab milliy identifikatsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati uning ramziylik, kommunikatsiya va ta’sirchanlik jihatlarida ko‘rinadi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida adabiy arab tili milliy va guruh identifikatsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u til ishlatilishi va unga doir qoidalar hamda tamoyillarga ham ta’sir qiladi. Ushbu maqolaning asosiy e’tibori arab tilining o‘zini arab deb biladigan shaxslar uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini ta’kidlashga qaratilgan. Shuningdek, arab tili arablar tomonidan G‘arb mamlakatlarining madaniy va siyosiy tahdidlariga qarshi turish vositasi sifatida qo‘llanilishini tushuntiradi.

Til, millat, milliy identifikatsiya, til ideologiyasi, til identifikatsiyasi, arab identikligi, identifikatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.