Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 47–54-betlar
DAVLAT XIZMATCHILARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASIGA OID ZAMONAVIY VA KLASSIK DAVR KONSEPSIYALARINING DIALEKTIKASI
Mardanov, Sardorbek
DOI: 10.5281/zenodo.14893752 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat boshqaruvida davlat xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyasiga oid bo‘lgan klassik va zamonaviy nazariyalarning va ilmiy-tadqiqot ishlarining dialektik aloqalari va natijalari tahlil qilinadi va bir qator ma’lumotlar asosida mazkur mavzu yoritib beriladi. Mavzuning dolzarblik nuqtalari va asoslari turli davrda faoliyat ko‘rsatgan bir qator olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tomonidan boshqaruv kompetensiyasi sifatida ochib beriladi. Maqolada institutsional, tarixiy, deduktiv, mantiqiy, funksional, kontent tahlillar va metodologiyalar qo‘llanilgan. Maqolada hozirgi vaqtdagi davlat boshqaruvida davlat xizmati munosabatlarini ta’minlashda davlat xizmatchilarining boshqaruv kompetensiyalarining roli va ahamiyatli tomonlari ham keltirilib o‘tiladi. Maqolada siyosiy definitsiyalar sharhi va ularni uchratish mumkin bo‘lgan ilmiy manbalar va izohlar ham berilgan. Maqola keng ilmiy jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Davlat xizmatchisi, davlat boshqaruvi, boshqaruv kompetensiyasi, klassik va zamonaviy nazariyalar, siyosatshunoslik, ilmiy-tadqiqot markazlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.