Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 19–21-betlar
BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FORMATIV VA SUMMATIV BAHOLASH ORQALI UZVIYLIKNI TA'MINLASH
Eshqobilova, Guldona
DOI: 10.5281/zenodo.15000147 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi. Avvalo, formativ baholashning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ular tomonidan mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganini muntazam kuzatish hamda dars jarayonini moslashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, summativ baholash natijalari bilan formativ baholash jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Boshlang‘ich sinfda ushbu baholash turlari uyg‘unligi o‘quvchilarni matematika faniga qiziqish bilan jalb qilish, mustahkam bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
boshlang‘ich sinf, matematika darslari, formativ baholash, summativ baholash, uzviylik, dars jarayoni, baholash strategiyalari, metodik yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.