Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 131–137-betlar

WIRELESS (WI-FI) TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISHI VA TURLARI

Qodirov, Farrux, Neʼmatova, Sevinch

DOI: 10.70413/zdift-v04-i05-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari, jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat  tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar keltiriladi.

Wi-Fi, simsiz aloqa, router, 802.11 standarti, Wi-Fi 4, Wi-Fi 5, Wi-Fi 6, Wi-Fi 6E, Wi-Fi 7, internet texnologiyalari, simsiz tarmoq, IoT, chastota diapazoni, ma’lumot uzatish tezligi, xavfsizlik, tarmoq samaradorligi, kelajak texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.