Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 153–158-betlar

MOBIL ALOQA TARMOQLARI: 2G, 3G, 4G, VA 5G

Qodirov, Farrux, Sa’dullayeva, Mashxura

DOI: 10.5281/zenodo.15117581 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mobil aloqa tarmoqlari, 2G, 3G, 4G va 5G kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar mobil telefonlar va boshqa qurilmalarning internetga ulanishi va ma'lumot almashishi uchun zarur bo'lgan infratuzilmani ta'minlaydi. 2G texnologiyasi ovozli aloqa va qisqa matnli xabarlar (SMS) uchun asosiy imkoniyatlarni yaratgan bo'lsa, 3G va 4G tarmoqlari yuqori tezlikda internet aloqasini va yuqori sifatli video qo'ng'iroqlarini ta'minlash imkonini berdi. 5G texnologiyasi esa yanada yuqori tezlik, kam kechikish va ko'proq qurilmalarni bir vaqtning o'zida bog'lash imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish va kengaytirish, global mobil aloqa infratuzilmasining yanada samarali ishlashini ta'minlashga yordam beradi va yangi texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.

Mobil aloqa tarmoqlari, 2G texnologiyasi, 3G texnologiyasi, 4G texnologiyasi, 5G texnologiyasi, Internetga ulanish, Ma'lumot almashish, Tezlik, Kam kechikish, Mobil telefonlar, Infratuzilma, Video qo'ng'iroqlar, Qurilmalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.