Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 4–7-betlar

INTERNET TARMOGʻINING ISHLASH TAMOYILLAR

Qodirov, Farrux, Ochilova, Gulsanam

DOI: 10.5281/zenodo.15118018 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada internet tarmog‘ining ishlash tamoyillari, uning tarkibiy qismlari va ma’lumotlar uzatish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Internet infratuzilmasining asosiy elementlari – serverlar, provayderlar, IP-manzillar va domen tizimi (DNS) tushuntiriladi. Shuningdek, TCP/IP protokollari va paketli uzatish texnologiyasi asosida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni yoritiladi. Maqolada internet xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilib, shifrlash, autentifikatsiya, himoya devorlari (firewall) va kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash usullari ko‘rib chiqiladi. Oxirida esa internet texnologiyalarining rivojlanishi va istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Ushbu maqola internet texnologiyalari bilan tanishmoqchi bo‘lgan talabalar, IT mutaxassislari va qiziquvchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi

Internet tarmog‘i .Tarmoq texnologiyalari. TCP/IP protokollari. IP-manzil. Domen nomlari (DNS). Ma’lumot uzatish. Paketli uzatish. Marshrutizatsiya. Server va mijoz. Internet-provayder. Tarmoq xavfsizligi. Shifrlash texnologiyalari. Brendmauer (Firewall. Kiberxavfsizlik. Internet infrastrukturasі.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.