Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 15–20-betlar
RAQAMLI MARKETING VA UNING TEXNOLOGIYALARI
Qodirov, Farrux, Ne’matova, Kamola
DOI: 10.5281/zenodo.15118052 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli marketing va uning texnologiyalari haqida batafsil tahlil qilinadi. Raqamli marketing zamonaviy biznes jarayonlarida muhim o‘rin tutadi, chunki u kompaniyalar va brendlarning mijozlar bilan samarali aloqalar o‘rnatish va ularni o‘z mahsulot yoki xizmatlariga jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi. Maqolada SEO, PPC, SMM, email marketing, kontent marketing va ma’lumotlarni tahlil qilish kabi asosiy raqamli marketing texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalar yordamida marketing strategiyalarining samaradorligini oshirish va maqsadli auditoriya bilan interaktiv aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Raqamli marketingning rivojlanishi va uning texnologik imkoniyatlari bizneslarga global bozorga chiqish, mijozlar ehtiyojlariga yanada moslashish va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Maqola marketing sohasi mutaxassislariga va raqamli texnologiyalardan foydalanishni xohlagan tadbirkorlarga foydali bo‘lishi kutilmoqda.
raqamli marketing, SEO (Qidiruv tizimini optimallashtirish), PPC (To‘lov asosida reklama), SMM (Ijtimoiy media marketing), email marketing, kontent marketing, Big Data, marketing analitikasi, raqamli reclama, Veb analitika, maqsadli auditoriya, raqamli transformatsiya, reklama byudjeti, mijozlar bilan aloqalar, brendni rivojlantirish, marketing strategiyalari, interaktiv marketing, mobil marketing, marketing avtomatizatsiyasi, raqobatbardoshlik, digital marketing texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.