Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 44–47-betlar

ZIYOLILAR MAFKURASINI SHAKLLANTIRISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Sodiqov, Abduhalil

DOI: 10.5281/zenodo.15123590 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola zamonaviy jamiyatda ziyolilar mafkurasining shakllanishida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada G'arb va Sharq mamlakatlari misolida ziyolilar mafkurasining shakllanishi, uning asosiy komponentlari, amaliy mexanizmlari va O'zbekiston sharoitiga moslashuv imkoniyatlari tadqiq etilgan. Maqolada AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida ziyolilar mafkurasining transformatsiyasi, uni rivojlantirishning innovatsion yo'llari va global kontekstda milliy xususiyatlarni saqlash masalalari atroflicha yoritilgan. Maqola ziyolilar mafkurasini shakllantirishda davlat va fuqarolik jamiyatining o'zaro ta'sirini takomillashtirish, ziyolilarning ijtimoiy mavqeini oshirish va ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Ziyolilar mafkurasi, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, innovatsion tafakkur, ijtimoiy status, global raqobat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.