Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 104–106-betlar
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING XAVFSIZLIK SOHASIDAGI QO‘LLANILISHI: AFZALLIK VA CHEKLOVLAR
Baxromov, Komiljon
DOI: 10.70413/zdift-v04-i07-p1-020 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, turli sohalarga chuqur singib bormoqda. Axborot texnologiyalari innovatsiyalarga asoslangan yangi echimlarni taklif qilib, biznes, moliya, huquq, sog‘liqni saqlash, ta’lim va davlat boshqaruvi kabi sohalarni sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Blokcheyn texnologiyasi esa ana shunday inqilobiy texnologiyalardan biri bo‘lib, u markazlashmagan (decentralized), shaffof (transparent) va xavfsiz (secure) tizim sifatida tobora ommalashib bormoqda. Blokcheyn tushunchasi 2008-yilda Satoshi Nakamoto tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, dastlab Bitcoin kabi kriptovalyutalarni yaratish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ushbu texnologiya nafaqat moliyaviy operatsiyalarni, balki boshqa turli jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun ham qo‘llanila boshlandi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.