Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 117–121-betlar
MINTAQADA TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Karimova, Shaxnoza
DOI: 10.5281/zenodo.15239313 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi. Jumladan, internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, VR/AR, big data, sun’iy intellekt singari ilg‘or texnologiyalar turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, marketing va kommunikatsiya strategiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada ma’lumot xavfsizligi, huquqiy-me’yoriy bazani rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish kabi muhim omillarga urg‘u beriladi. Natijada zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan turizm mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirish, investitsiyalarni jalb etish, madaniy merosni keng targ‘ib qilish va mahalliy aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
turizm, zamonaviy texnologiyalar, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar,VR/AR (Virtual va Kengaytirilgan Reallik), Big data.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.