Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 67–70-betlar

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Órinboyeva, Kumushoy, Akramov, Jasurbek, Tursunaliyeva, Mahliyoxon, Ergasheva, Umidaxon

DOI: 10.5281/zenodo.15281983 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga kirib kelishi bilan dars jarayonlari interaktiv va samaraliroq tus oldi. Tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya va geografiya – o‘ziga xos murakkab ilmiy tushunchalarga boy bo‘lgani sababli, bu fanlarni zamonaviy raqamli vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini soddalashtirib, ularda chuqur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tabiiy fanlarni o‘qitishdagi o‘rni, ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish usullari, virtual laboratoriyalarning afzalliklari va interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, maqolada ilmiy-pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida metodologik tahlillar ham keltirilgan.

Tabiiy fanlar, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, virtual laboratoriya, mustaqil o‘rganish, zamonaviy metodlar, fanlarni vizual o‘qitish, STEAM ta’limi, texnologik vositalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.