Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 4-jild logy-son (2025) · 76–79-betlar
ZAMONAVIY AXBOROT TA'LIM MUHITIDA BOLALAR ADABIYOTINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING SHAKL VA METODLARI
Xujamqulova, Iroda
DOI: 10.5281/zenodo.15342731 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezis zamonaviy axborot ta'lim muhitida bolalar adabiyotini o'qitish metodikasini takomillashtirishning shakl va metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Adabiyot, ayniqsa, bolalar uchun o'quv jarayonining muhim qismi bo'lib, u nafaqat axborot berish, balki tafakkur, tasavvur va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ma'lumki, axborot texnologiyalarining rivojlanishi o'qitish metodologiyasini ham yangi bosqichga olib keldi. Bu o'rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, masalan, multimedia vositalari, interaktiv o'qitish usullari, elektron resurslar va virtual ta'lim platformalaridan qanday foydalanilishi masalasi yoritilgan. Tezisda bolalar adabiyotini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalarining integratsiyasining ahamiyati, o'quvchilarni adabiyot bilan tanishtirishda zamonaviy metodlar va shakllar, shuningdek, o'qitishning yangi yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Yozuvchi va o'qituvchi uchun bolalar adabiyotini o'qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha aniq tavsiyalar beriladi.
Bolalar adabiyoti, o'qitish metodikasi, axborot ta'lim muhit, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv o'qitish, pedagogik innovatsiyalar, axloqiy qadriyatlar, multimedia vositalari, virtual ta'lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.