Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 152–156-betlar

KATE CHOPIN ASARLARIDA KUNDALIK HAYOT TASVIRI VA PSIXOLOGIK CHUQURLIK

Ibodullayeva, Zilola

DOI: 10.5281/zenodo.19946338 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asr oxiri Amerika adabiyotining muhim vakili Kate Chopin nasrida kundalik hayot tasviri va psixologik chuqurlik masalasi o‘rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida adibaning The Awakening romani hamda “The Story of an Hour”, “A Pair of Silk Stockings”, “Désirée’s Baby” va “The Storm” hikoyalari tanlandi. Tahlilda uy, xona, deraza, kiyim-kechak, pul, xarid jarayoni, dengiz, bo‘ron va oilaviy munosabatlar kabi maishiy detallar qahramon ruhiyatini ochuvchi poetik vosita sifatida talqin qilinadi. Maqolada yaqin o‘qish, tarixiy-kontekstual yondashuv va psixologik talqin metodlariga tayangan holda Chopin kundalik hayotni oddiy tasviriy fon darajasida emas, balki ayol shaxsiyatining ichki ziddiyatlari, erkinlik ehtiyoji va ijtimoiy me’yorlar bilan to‘qnashuvini ko‘rsatadigan badiiy makon sifatida yaratishi asoslanadi.

Kate Chopin, kundalik hayot, psixologik realizm, ayol obrazi, ichki konflikt, nikoh, onalik, erkinlik, Amerika adabiyoti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.