Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 32–40-betlar

INTERNET OLAMIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

Toxirov, Zuxriddin

DOI: 10.5281/zenodo.20050833 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi rivojlanib borayotgan internet olamida shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan tahdidlar kundan kunga ortib bormoqda va buning natijasida odamlar o’z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishdagi huquqlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shuningdek, odamlar  internetdan foydalanishda o’z shaxsiy ma’lumotlarini qanday himoya qilish va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishda qanday huquqlarga ega ekanligini bilishi lozim. Chunki, har qanday shaxs internet olamidagi o’z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishdagi huquqlari haqida ma’lumotga ega bo’lsa, bu shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan tahdidlarni oldini olishga yordam beradi va har bir shaxs o’ziga tegishli bo’lgan har qanday shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishdagi vositalardan foydalanish imkoniyatini vujudga keltiradi. Shu bois ushbu maqolada internet olamida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning turlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishdagi davlatlarning roli, odamlarning internet olamidagi o’z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishda qanday huquqlarga ega ekanligi va internet olamida shaxsiy ma’lumotlarga qilinayotgan tahdidlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida so’z boradi.

shaxsiy ma’lumot, ma’lumotlar maxfiyligi, kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, texnik himoya, huquqiy himoya, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda qonunchilik, unutilish huquqi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda xalqaro hamkorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.