Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 51–54-betlar

MILLIY-AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASHDA ETNOPEDAGOGIKA MANBALARI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI

Komilova, Xurshida, Toshpo‘latova, Sohibaxon

DOI: 10.70413/zdift-v05-i13-p1-011 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishi bugungi globallashuv sharoitida o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada etnopedagogika manbalari , ya’ni xalq og‘zaki ijodi (ertaklar, maqollar, dostonlar), milliy an’analar, urf-odatlar va marosimlarning o‘quvchilar dunyoqarashini boyitishdagi pedagogik imkoniyatlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi etnopedagogik materiallarni umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli ravishda tatbiq etish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Ishda milliy qadriyatlarni o‘quvchilar ongiga singdirishning bosqichma-bosqich mexanizmlari, jumladan, dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda xalq o‘yinlari va buyuk mutafakkirlarning axloqiy o‘gitlaridan foydalanish usullari taklif etilgan. Shuningdek, etnopedagogika vositalari orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, kattalarga hurmat, halollik, to‘g‘rilik hamda jamoaviylik kabi fazilatlarni shakllantirishning samarali metodlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

milliy-axloqiy qadriyatlar, etnopedagogika, tarbiya texnologiyasi, xalq og‘zaki ijodi, pedagogik mexanizm, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ajdodlar merosi, urf-odatlar, milliy an’analar, o‘quvchi shaxsi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.