Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 58–62-betlar
POLISEMIYA HODISASINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA QIYOSIY TAHLILI (INGLIZ, NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALARI ASOSIDA)
Ahmadjonov, Nurbek, Ibrohimova, Ruxshona
DOI: 10.5281/zenodo.20306210 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada tilshunoslikda muhim o’rin tutuvchi polisemiya hodisasi ingliz, nemis va o’zbek tillari misolida tahlil qilinadi. Polisemiya — bir leksemaning bir nechta o’zaro bog’liq ma’nolarga ega bo’lishi hodisasi bo’lib, u tilning semantik tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida uch til misolida polisemiya shakllanishi, uning semantik rivojlanish mexanizmlari, metafora va metonimiya asosidagi kengayish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tillararo o’xshashlik va farqlar tahlil qilinib, polisemiya hodisasining universal va milliy xususiyatlari yoritiladi.
polisemiya, semantika, ko’p ma’nolilik, ingliz tili, nemis tili, o’zbek tili, metafora, metonimiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.