Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 111–117-betlar

XOTIRA JARAYONLARI TIZIMIDA INSON XOTIRASI TURLARI VA ULARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Toshpoʻlatov, Ibrohim, Ataxanova, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.20084555 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada xotira jarayonlari tizimida inson xotirasining mohiyati, uning asosiy turlari hamda psixologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xotiraning klassifikatsiyasi turli mezonlar asosida yoritilib, xususan, faoliyat xarakteriga, saqlanish muddatiga va ixtiyoriylik darajasiga ko‘ra turlari ilmiy asosda izohlanadi. Shuningdek, eslab qolish, saqlash va esga tushirish kabi asosiy xotira jarayonlarining psixologik mexanizmlari keng yoritilib, ularning inson bilish faoliyatidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada xotiraning individual xususiyatlari, uning hajmi, tezligi, aniqligi va mustahkamligi kabi ko‘rsatkichlar ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, xotira samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularning amaliy ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.

xotira, xotira jarayonlari, xotira turlari, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, operativ xotira, emotsional xotira, mantiqiy xotira, eslab qolish, saqlash, esga tushirish, unutish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.