Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 170–179-betlar
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA INGLIZ VA NEMIS TILLARINI O‘QITISHDA TIL O‘ZLASHTIRISH SAMARADORLIGINING QIYOSIY TAHLILI
Ahmadjonov, Nurbek, Alijonova, Ruxsora
DOI: 10.5281/zenodo.20093983 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi chet tillarini o‘qitish metodikasida tub burilish yasadi. Ayniqsa ingliz va nemis tillarini o‘qitishda AI asosidagi platformalar, intellektual o‘qitish tizimlari, chatbotlar va generativ modellar (masalan, ChatGPT kabi tizimlar) o‘quv jarayonini individuallashtirish va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.Ushbu tadqiqotda sun’iy intellekt asosida ingliz va nemis tillarini o‘qitish jarayonida til o‘zlashtirish samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot AI vositalarining til o‘rganishning asosiy komponentlari — lug‘at boyligi (vocabulary acquisition), grammatik kompetensiya, talaffuz (pronunciation) va kommunikativ ko‘nikmalar (speaking & writing skills) ga ta’sirini o‘rganishga qaratildi.Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, AI asosidagi o‘qitish tizimlari o‘quvchilarning til o‘zlashtirish tezligini sezilarli darajada oshiradi hamda real vaqt rejimida feedback berish orqali xatolarni kamaytiradi.
Sun’iy intellekt, til o‘qitish metodikasi, ingliz tili, nemis tili, til o‘zlashtirish samaradorligi, qiyosiy lingvistika, digital ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.