Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 28–31-betlar
OʻZBEKISTONDA INGLIZ TILINI OʻQITISHNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: TENDENSIYALAR, TOʻSIQLAR VA METODIK YANGILIKLAR
Xudoyqulova, Sevara
DOI: 10.5281/zenodo.20133211 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish tizimining raqamli transformatsiyasi, uning asosiy rivojlanish tendensiyalari, mavjud muammolari va innovatsion metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’limni raqamlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, ayniqsa ingliz tilini o‘qitish jarayonida onlayn platformalar, sun’iy intellekt vositalari, multimedia texnologiyalari va blended learning metodlari keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqot davomida rasmiy statistik ma’lumotlar, davlat dasturlari va xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida ingliz tili ta’limining raqamli rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirish bilan birga, infratuzilma, pedagogik kompetensiya va metodik ta’minot bilan bog‘liq muammolarni ham yuzaga chiqarmoqda.
raqamli transformatsiya, ingliz tili ta’limi, blended learning, sun’iy intellekt, onlayn platformalar, pedagogik innovatsiya, interaktiv metodlar, ta’lim texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.