Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 187–188-betlar
AUTIZM SPEKTR BUZILISHI: ZAMONAVIY TERAPIYA USULLARI
Mamajanov, Taxirjon
DOI: 10.5281/zenodo.20288036 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
ASB ning ijtimoiy ahamiyati uning shaxslar va ularning oilalari hayotiga koʻrsatadigan koʻp qirrali va kompleks taʼsiri bilan belgilanadi. ASB bilan yashovchi shaxslar koʻpincha taʼlim olish, kasbiy faoliyatga kirishish, mustaqil yashash va ijtimoiy integratsiya jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu esa ularning hayot sifati va jamiyatga toʻlaqonli adaptatsiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oila aʼzolari, xususan, ota-onalar, ASB tashxisi qoʻyilgan farzandlarini tarbiyalashda ulkan hissiy, moliyaviy va jismoniy yukni boshdan kechirishadi. Shuningdek, ASB bilan bogʻliq tibbiy, taʼlimiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ortib borayotgan talab sogʻliqni saqlash tizimlari va ijtimoiy himoya mexanizmlari uchun muhim chaqiriqlarni keltirib chiqaradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.