Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 4–6-betlar

RASMIY MULOQOTDA BUYRUQ NUTQ AKTINING LINGVOPRAGMATIK STRATEGIYALARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MATERIALLARI ASOSIDA

Kuchkarova, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.20303287 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek rasmiy muloqotida buyruq nutq aktining pragmatik strategiyalari qiyosiy-lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Buyruq rasmiy diskursda faqat grammatik imperativ shakl orqali emas, balki modal birliklar, passiv konstruksiyalar, iltimos va tavsiya shakllari, majburiyat bildiruvchi vositalar hamda xushmuomalalik strategiyalari orqali ifodalanishi asoslanadi. Ingliz tilida buyruq ko‘pincha bilvosita, adresat erkinligini saqlovchi kommunikativ shakllar orqali berilsa, o‘zbek rasmiy muloqotida hurmat, ijtimoiy maqom, institutsional masofa va rasmiylik darajasi muhim pragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladi.

nutq aktibuyruqdirektiv aktrasmiy muloqotpragmatik strategiyabilvosita buyruqxushmuomalalikingliz tilio‘zbek tili.nutq akti

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.