Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 32–36-betlar

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN MOSH O‘SIMLIGI HOSILDORLIGIGA O‘G‘ITLASH ME’YORLARINING TA’SIRI (QORAQALPOG‘ISTONNING O‘RTA HUDUDLARI MISOLIDA)

Axmedova, Nilufar

DOI: 10.5281/zenodo.20379804 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rta hududlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan mosh o‘simligining hosildorligiga mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlarining turli me’yorlari qo‘llanilib, ularning o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, dukkaklar soni, 1000 dona urug‘ massasi hamda yalpi hosildorlikka ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, N30P60K40 me’yorda o‘g‘it qo‘llanilganda moshning biologik rivojlanishi jadallashgani, dukkak hosil qilish ko‘rsatkichi oshgani va hosildorlik sezilarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari mintaqaning tuproq-iqlim sharoitida takroriy ekin sifatida mosh yetishtirishda maqbul agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Moshtakroriy ekinmineral o‘g‘itazotfosforkaliyhosildorliktuproq unumdorligiagrotexnologiyaQoraqalpog‘iston.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.