Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 83–85-betlar
IJTIMOIY TARMOQLARDA SO‘Z ERKINLIGI VA UNI CHEKLASHNING HUQUQIY ASOSLARI
Gavharoy, Qavulova
DOI: 10.5281/zenodo.20424565 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda so‘z erkinligi va uni huquqiy jihatdan cheklash masalalari tahlil qilingan. Raqamli kommunikatsiya muhitining rivojlanishi natijasida so‘z erkinligi yangi shakl va mazmun kasb etib, global axborot maydonida muhim demokratik institut sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda xalqaro huquqiy normalar, jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik hamda siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda nafrat nutqi, dezinformatsiya, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ekstremistik kontent kabi omillar so‘z erkinligini cheklash zaruratini yuzaga keltirishi asoslab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi doirasida so‘z erkinligini ta’minlash va uni cheklash mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari so‘z erkinligi va jamoat xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi.
ijtimoiy tarmoqlarso‘z erkinligiinson huquqlariaxborot xavfsizligihuquqiy cheklovlardezinformatsiyanafrat nutqiraqamli muhitO‘zbekiston qonunchiligixalqaro huquq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.