Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 159–164-betlar
MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI VA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Yusupov, Oybek
DOI: 10.5281/zenodo.20551624 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada STEM, xususan robototexnika va dasturlash ta’limida masofaviy ta’lim platformalari hamda virtual laboratoriyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy metodikasi yoritiladi. Raqamli ta’lim muhitini yaratishda LMS (Moodle, Google Classroom va boshqalar) platformalarini virtual laboratoriyalar va simulyatorlar bilan integratsiyalash, real laboratoriya jihozlari cheklangan sharoitda ham talabalarda amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi asoslanadi. Virtual laboratoriyalarning murakkab jarayonlarni xavfsiz va takrorlanuvchan sharoitda vizuallashtirish, loyiha asosida o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash, shaxsiylashtirilgan o‘quv trayektoriyalarini tashkil etishdagi afzalliklari tahlil qilinadi. Gibrid (an’anaviy + virtual) yondashuv, loyiha va kompetensiyaga asoslangan o‘qitish, shuningdek baholash va monitoring mezonlari bo‘yicha takliflar beriladi.
masofaviy ta’lim platformalarivirtual laboratoriyalarSTEM ta’limirobototexnikadasturlashraqamli ta’lim resurslariloyiha asosida o‘qitishsimulyatorimmersiv tajriba.masofaviy ta’lim platformalari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.