Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 37–40-betlar
QASHQADARYO VILOYATIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING EKSPORT FAOLIYATINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Norturayev, Mansurbek
DOI: 10.5281/zenodo.20642554 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida hududlar eksport salohiyatini ikki barobarga oshirish va kichik biznes ulushini umumiy eksportda 35 foizgacha yetkazish vazifasi belgilangan. Qashqadaryo viloyati Respublikaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining 10,2 foizini, paxtaning 11,8 foizini va don mahsulotlarining 12 foizini ishlab chiqaradigan yirik agrar-sanoat hududidir. Shu bilan birga, viloyat eksport tarkibida kichik biznesning ulushi mamlakat o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib qolmoqda. Bu holat hududning haqiqiy eksport salohiyatidan to‘liq foydalanmaslikka olib kelmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.