Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 65–67-betlar

MUQOBIL VA IKKILAMCHI XOMASHYOLARDAN QOG‘OZ OLISH IMKONIYATLARI

Yeshbayeva, U.J., Alieva, Nargiza, Ergashev, M.

DOI: 10.5281/zenodo.20677660 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Qog‘oz insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim materiallaridan biri hisoblanib, axborotni saqlash, uzatish va bosma mahsulotlar tayyorlashda asosiy vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Zamonaviy qog‘oz ko‘p komponentli kapillyar-g‘ovakli kompozitsion material bo‘lib, asosan sellyuloza tolalarining suvli muhitda o‘zaro fizik-kimyoviy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘ladi. Qog‘oz tarkibiga tolali komponentlardan tashqari turli mineral to‘ldiruvchilar, yelimlovchi moddalar, bo‘yoqlar, Oqartiruvchilar va maxsus funksional qo‘shimchalar kiritiladi. Ushbu komponentlar qog‘ozning fizik-mexanik, optik va bosma xossalarini shakllantiradi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.