Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 112–117-betlar

CHATGPT VA BOSHQA AI PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNING TALABALAR MUSTAQIL FIKRLASH JARAYONIGA PSIXOLOGIK TA'SIRI

Mamayusupova, Iroda

DOI: 10.5281/zenodo.20717110 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Sun'iy intellekt vositalari — xususan ChatGPT — oliy ta'lim talabalari orasida tezlik bilan tarqalmoqda va ularning bilish faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu tadqiqot Qo'qon Davlat Universiteti talabalarida AI platformalaridan foydalanishning mustaqil fikrlash jarayoniga — tanqidiy fikrlash, kognitiv avtonom, metakognitsiya va ijodiy yondashuv — psixologik ta'sirini o'rganadi. Aralash metodli dizayn asosida 144 nafar talaba so'rovnoma orqali, 22 nafari yarim tuzilmali intervyu orqali o'rganildi. Tadqiqot natijalari AI dan intensiv foydalanishning mustaqil fikrlash ko'rsatkichlarini sezilarli darajada pasaytirishini ko'rsatdi. Sifatiy tahlil kognitiv passivlik, o'z fikriga ishonchsizlik va tanqidiy baho berishning zaiflashuvi kabi psixologik oqibatlarni aniqladi. Ushbu natijalar oliy ta'limda AI dan maqsadli va tanqidiy foydalanish madaniyatini shakllantirishning zarurligini asoslaydi.

ChatGPT, sun'iy intellekt, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, kognitiv avtonom, metakognitsiya, oliy ta'lim, O'zbekiston

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.