Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 36–38-betlar

QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI SELEKSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI

Azimova, Odinaxon, Azimova, Irodaxon, Abduraximova, Anoraxon

DOI: 10.5281/zenodo.20760201 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasining nazariy asoslari, uning agrar sohani rivojlantirishdagi ahamiyati hamda zamonaviy seleksiya usullarining samaradorligi tahlil qilingan. Dunyo aholisi sonining ortishi, global iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zarurati sharoitida seleksiya fanining dolzarbligi ortib bormoqda. Yuqori hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli, ekologik stress omillariga moslashuvchan navlarni yaratishda genetik, biotexnologik hamda molekulyar usullarning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida seleksiya va urug‘chilik tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.

seleksiya, genetika, nav, duragaylash, hosildorlik, urug‘chilik, molekulyar markerlar, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.