Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 38–42-betlar

OLIY TA’LIMDA BLENDED LEARNING TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA XALQARO MODELLARI

Sobirjonova, Gulnozaxon

DOI: 10.5281/zenodo.21093575 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda O’zbekistonning oliy ta’lim tizimida aralash ta’lim texnologiyalarini joriy etish, jahon tajribasida o’zini oqlagan zamonaviy modellar va ularni milliy ta’lim tizimi bilan uyg’unlashtirishning kichik loyihalari muhokama qilinadi. Tadqiqotda aralash ta’limning mohiyati, moslashuvchanlik, samaradorlik sifatlari va joriy etishdagi asosiy to‘siqlar aniqlangan. Xalqaro modellardan Singapur - 70:30 modeli, Germaniya teskari sinf – flipped classroom va Shveysariya - tayyorlik matritsasi  qiyosiy tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aralash ta’limni joriy etish bosqichlarini, professor-o‘qituvchilarni tizimli tayyorlashni, infratuzilmani rivojlantirishni va milliy modelni yaratishni talab qiladi. Ushbu tezis oliy ta’lim tizimi rahbarlari va pedagoglari uchun aralash ta’limni ilmiy-metodik jihatdan asoslashda amaliy ahamiyatga ega.

aralash ta’lim, blended learning, oliy ta’lim, metodologik asoslar, xalqaro modellar, O‘zbekiston, teskari sinf, raqamli transformatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.