Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-jild logy-son (2026) · 4–10-betlar

FUNKSIYA LIMITINI SONLI USULLAR ORQALI HISOBLASH VA DASTURIY REALIZATSIYA

Orifjonova, Zahroxon, Davronov, Bahodir

DOI: 10.5281/zenodo.21214748 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada funksiya limitini aniqlash masalasi sonli usullar yordamida tahlil qilinadi va ularning dasturiy realizatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Klassik –  ta’rifiga asoslangan nazariy yondashuv matematik jihatdan qat’iy bo‘lsa-da, kompyuter hisoblashlarida bevosita qo‘llash qiyin hisoblanadi. Shu sababli, tadqiqotda funksiya argumentini limit nuqtasiga ketma-ket yaqinlashtirishga asoslangan sonli algoritmlar taklif etiladi. Bir tomonlama va ikki tomonlama limitlarni baholash, o‘rtachalashtirish usullari orqali tebranishlarni kamaytirish hamda algoritmni to‘xtatish mezonlari ishlab chiqiladi. Sonli tajribalar natijalari taklif etilgan yondashuvning aniqligi va barqarorligini tasdiqlaydi. Algoritmlarning dasturiy realizatsiyasi hisoblash matematikasi va muhandislik masalalarida qo‘llash imkoniyatini namoyon etadi.

funksiya limiti, sonli usullar, ketma-ket yaqinlashuv, hisoblash matematikasi, dasturiy realizatsiya, sonli analiz, konvergensiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.